Professor hayoti va ijodi haqida ma'lumot

Zohir G'ofurov 1935-yilda dehqon oilasida tug'ilganlar. 1952-yilda o'rta maktabni tamomlaganlar. Bir yil yetti yillik maktabda muallimlik qilganlar. 1954-yilda Nizomiy nomliy Toshkent davlat pedagogika instituti tarix-filologiya fakultetiga o'qishga kirib 1959-yilda mazkur institutni o'zbek tili, adabiyot va tarix ixtisosi bo'yicha to'la kursini imtiyozli diplom bilan tamomlaganlar. 1968-yilda falsafa fanlari nomzodi, 1973-yilda esa falsafa fanlari bo'yicha dotsent va 2007-yilda falsafa fanlari professori unvoniga ega bo'lganlar. 2007-yildan boshlab Toshkent Moliya instituti professori. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida hamda Toshkent davlat yuridik institutlari falsafa kafedralarida faoliyat ko'rsatganlar. Hayotlarining oxirgi yillarida Toshkent Moliya institutining "O'zbekiton demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" kadedrasi professori bo'lib ishlaganlar.

Zohir G'ofurovning "Aqliy va jismoniy mehnat dialektikasi", "Milliy masalabo'yicha falsafiy suhbatlar", "Falsafa", "Milliy istiqlol g'oyasi va tarqaqqiyoti", "Vatan taqdirini o'ylab", "Terrorizimning ijtimoiy xavfliligi", "Mahalla - noyob milliy qadriyat", "Inson baxt uchun tug'iladi", "Navro'zning noyob xislat va fazilati", "Shaxsning garmonik rivojlanish dialektikasi", "Ma'naviy yuksalish va huquqiy barkamollik", "Ma'naviyat saboqlari", "Mustaqillikning ma'naviy zaminlari", " Mafkura va milliy g'oya", "Mustaqillik va milliy tiklanish", "Baxt qomusi", "Huquqiy bilim va huquqiy madaniyat - taraqqiyot omili", "Demokratik jamiyat qurishda kuchli ijtimoiy himoya va adolat tamoyillari", "Milliy istiqlol - ma'naviy-ma'rifiy yuksalish", "Tabiatni e'zozlash - umumbashariy muammo", "Mustaqillik va milliy o'zlikning tiklanishi", "Istiqlol va taraqqiyot mafkurasi: maqsad va yo'nalishlari", "Shaxs kamoloti", "Ma'naviy yuksalish sari", "Adolat va haqiqat-demokratik jamiyat qurish mezoni", "Inson barkamolligi", "Tabiatni muhofaza qilishning ma'naviy-ma'riyiy ta'limotining taraqqiyoti", "Fuqarolik institutlari-tarqqiyot omili" nomli yuzdan ortiq darsliklari, o'quv qo'lanmalari, monografiyalari, risolalari nashr etilgan.

Mehnat faoliyatlari

  • 1954-1959 Toshkent davlat Pedagogika talabasi
  • 1959-1960 Toshkent davlat Pedagogika institutining tarix kafedrasi katta laboranti
  • 1960-1961 Toshkent davlat Pedagogika institutining falsafa kafedrasi asistenti
  • 1961-1964 Toshkent davlat Pedagogika institutida kunduzgi bo'lim aspiranti
  • 1964-1967 Toshkent davlat Pedagogika institutida falsafa kafedrasi o'qituvchisi
  • 1967-1971 Toshkent davlat Pedagogika institutida falsafa kafedrasi kadda o'qituvchisi
  • 1971-1991 Toshkent davlat Pedagogika institutida falsafa kafedrasi dotsenti
  • 1991-1996 Toshkent davlat Pedagogika institutida falsafa kafedrasi professori
  • 1997-2007 Toshkent davlat Yuridik instituti "Falsafa fanlar kafedrasi" professor
  • 2005-2007 Toshkent Moliya Instituti professori